Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Furqat mahalla fuqarolar yig‘inida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2024-07-08 08:03:11 110
Unda IIB xodimlari fuqarolarni kiberjinoyatlar qurboniga aylanishlarini oldini olish, bu boradagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.
Ta’kidlandiki, keyingi yillarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar keskin oshib bormoqda. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, bugungi kunda viloyatimizda kiberjinoyatchilikni o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda eng ommalashgan kiberjinoyatlar -firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni to‘lovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablag‘larni o‘zlashtirish, shaxsiy ma’lumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qo‘rqitib tovlamachilik qilish (kibertovlamachilik), ijtimoiy tarmoqda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, haqorat, suisid holatlari (kiberbulling) va boshqalardir.
Ushbu holatlarni oldini olish va aholining ogohligini oshirish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi mas’ulligi ostida korxona va idoralar hamda hokimlik bilan hamkorlikda bir qancha kompleks targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.