Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TURVAT MAHALLASIDA LIMONCHILIK, QORAMOL, ASALARICHILIKNI YO‘LGA QO‘YGAN XONADON EGASI YUQORI DAROMAD TOPMOQDA.

×

 2024-07-10 16:58:09    82

PDF yuklash
Chop etish


Har qarich yerni qadrlab, mehnat qilib undan rizqu-nasiba undirayotgan, daromad manbaini to‘g‘ri tanlayotgan xonadonlarda fayz-baraka, to‘kinchilik hukm surmoqda. Shunday xonadonlar Toshloq tumani Turvat mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘plab topiladi. Iqboljon Maripov raislik qilayotgan bu hududning asosiy drayveri limonchilik hisoblanadi. Bu joyda 4436 ta aholi istiqomat qilib, ularning ko‘pchiligi yerdan unumli foydalanib issiqxonalar tashkillangan.
Abdumo‘min Komilov xonadonida ham mehnat ortidan oila to‘kinchiligi ta’minlanmoqda. Sababi oila a’zolarining davlat ishida ishlabgina qolmay bo‘sh turgan yer maydonidan unumli foydalanib, mehnat qilishlari natijasida issiqxona, qoramol parvarishi, asalarichilikdan yiliga mo‘maygina daromad olinmoqda. 
—Aslida asalarichilik bilan qiziqishim tufayli 1986 yildan buyon shug‘ullanaman. Bundan tashqari bo‘sh turgan 3 sotixli yer maydonida issiqxona tashkillab limonchilikni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Oila bilan birdamlikda mehnat qilib yana 5 sotixli bo‘sh turgan yerdan ham unumli foydalanib bu joyga 10 tup pista ko‘chati hamda turli xil qishloq xo‘jalik ekinlarini ekib qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga harakat qilyapmiz,—deydi A. Komilov.
Yaxshi daromad mehnat qilishga undaydi. Shu sababli ham oila 14 sotixli yerga chesnok ekishni ham kanda qilmaydi. O‘tgan yili bundan ham 15 milloin so‘m daromad qilgan bo‘lsalar bu yilgi hosildan ham yaxshi daromad ko‘zlanmoqdalar. Asalari oilasi 40 taga yaqin bo‘lib bir yilda 200 kilogrammga yaqin asal olinadi. Bu degani oila ham issiqxona, qoramol va asalarichilikdan mo‘l daromad olmoqda.