Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Adliya  kuni” tadbirida aholining  huquqiy muammolari o‘rganildi va amaliy ko‘mak berildi.   

×

 2024-07-17 17:06:24    73

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanining "Xonariq" MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazilib,  fuqarolarning huquqiy muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Unda Toshloq tuman adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi, DXM, “Madad” NNT va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi. Tadbir davomida masʼul xodimlar tomonidan fuqarolarning muammolari tinglandi.
Ishtirokchilarga yoshlar va xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, ish bilan taʼminlanish, mutaxassislik bo‘yicha qayta o‘qitish va ijtimoiy yordam olish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida sayyor qabul tashkil etilib, 50 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning ko‘pchilik qismi joyida hal etilib, ayrim murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. 
Bundan tashqari, fuqarolarga 80 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbir so‘ngida viloyat adliya boshqarmasi hamda Toshloq tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklarini aholiga tushuntirish va huquqiy masalalarda yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida 200 dan ortiq xonadonga uyma-uy yurilib, aholining  ko‘plab huquqiy masalalari o‘rganildi.