Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


PIYOZCHILIKDA KOSIBCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH HISOBIGA QO‘SHIMCHA ISHCHI O‘RINLARI YARATILMOQDA

×

 2024-07-19 15:48:46    62

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani Piyozchilik mahalla fuqarolar yig‘inining asosiy drayveri kosibchilik hisoblanib bu hunar bilan aholining 70 foizga yaqini faoliyat yuritadi. 
Bugungi kunda hududdagi kosiblarning nafaqat o‘z oilasi ish bilan band bo‘lmoqda, balki boshqalarning ham hunar o‘rgatib ishli bo‘lishlariga sababchi bo‘lmoqdalar.
Dilnozaxon Mamajonova ham kosibchilik bilan to‘rt yildan buyon shug‘ullanib keladi. Avvaliga o‘z xonadonida to‘rt-besh xotin-qizlar bilan ish boshlagan hunarmand hozirda 30 dan ortiq ayollarni ish bilan ta’minlagan. Bugungi kunda xonadonida hamda qo‘shimcha ravishda ijara asosida olgan binoda xotin-qizlar mehnat qilmoqda.
—Mahalla hokim yordamchisiga katta rahmat aytaman. Sababi mening faoliyatimni kengaytirishim uchun imtiyozli 50 million kredit tavsiya qilinib uni olishimda yordam berdi. Ushbu kreditni olish hisobiga qo‘shimcha zamonaviy tikuv mashinalari xarid qildim va yana qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratildi,—deydi hunarmand D. Mamajonova.
—Hududimizdagi tadbirkor va hunarmandlarga doimo ko‘makchimiz. Birgina kosibchilik yo‘nalishi uchun shu kungacha 15 ta hunarmandga 384 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Buning natijasida hunarmandlar safi kengayib ishchi soni yanada ortishiga erishildi.—deydi mahalla hokim yordamchisi Akramjon Rahmonov.
Hozirgi kunda D. Mamajonova buyurtma asosida erkaklar va ayollar hamda bolalar poyafzallarini yarim tayyor ko‘rinishda tayyorlab yetkazib bermoqda. Ishchilarga esa yaxshi sharoit va bepul tushlik ham tashkillangan. Hunarmand ishchilariga ish ko‘lamiga qarab o‘rtacha oyiga 3 milliondan 5 milliongacha ish haqi bermoqda. Hunarmand kelgusidagi rejalari haqida gapirar ekan yana imtiyozli kredit olish hisobiga xonadonida bo‘sh turgan maydonda bino qurib katta syex tashkillashni, asosiysi hududdagi ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni hunarga o‘rgatib ish bilan band qilishni maqsad qilgan.