Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-07-23 11:44:01    74

PDF yuklash
Chop etish


El farovonligi, yurt taraqqiyotida tadbirkorlikning o‘rni beqiyos. Tumandagi “Nayman” MFYda joylashgan Madaniyat uyida Viloyat prokuraturasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbarlari tomonidan tadbirkorlar muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan ko‘plab tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tadbirkorlarni taklif va muammolari o‘rganildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.
Xususan, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan kredit, yer, soliq, tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar olishda duch kelayotgan ayrim muammolar, to‘siqlar hamda boshqa masalalarga oid murojaatlar qabul qilinib, ularni qisqa fursatlarda hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.