Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2024-08-05 08:30:58 109
Toshloq tumanida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida belgilangan dasturlar doirasida joylarda keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Sadda” MFYda dasturga asosan, 110 dona temir-beton ustunlari hamda quvvati 160 kVA bo‘lgan bir dona yangi transformator punkti o‘rnatildi. Bugungi kunda 1,7 km.lik yangi havo tarmog‘i tortilmoqda.
Shuningdek, tumandagi “Chek” MFYda ham ta’mirlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Mahalla ko‘chalariga 90 dona temir-beton ustunlari o‘rnatildi. Quvvati 160 kVA bo‘lgan 1 dona yangi transformator keltirildi. Dasturga ko‘ra, ta’mirlash ishlari yakunlangach, hududlardagi 300 dan ortiq aholi xonadonlarida elektr energiyasi sifati yaxshilanadi.