Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: AHOLI MANFAATLARI DOIMIY E’TIBORDA
2024-08-13 16:54:14 83
Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish — bugunning dolzarb vazifalaridan biri. Qolaversa, bu jarayon har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklab, xalq dardi bilan yashash, muammolarga yechim izlashga undaydi. Tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning bugungi qabuli ham ayni shu jihatdan ahamiyatli bo‘ldi.
Qabulda sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Uchrashuv chog‘ida fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini muhofaza qilish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. 18 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 12 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 2 tasi nazoratga olindi. 6 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.