Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


«OQILA AYOLLAR» — ULARNING OILA VA JAMIYATDAGI O‘RNI

×

 2024-08-14 08:17:20    88

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan yurtimiz ayollarining ma’naviy hayotiga yangi g‘oya, ma’rifiy harakat kirib kelganligi, O‘zbekistonimizda “Oqila ayollar” harakati tuzilganligining 2 yilligi munosabati bilan Toshloq tumanida "Ayol qadriyatlar davomchisi" nomli  madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 


Tadbirda Farg‘ona viloyati "Oqila ayollar" harakati rahbari Yu. Rahimova, "Oydin" gazetasi muxbiri X.Karimova, FNQZ "Oqila ayollar" harakati yetakchisi S.Mahmudova hamda tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari U.Marasulova, tuman "Nuroniy" jamg‘armasi raisi O‘.Karimov, tuman "Oqila ayollar" harakati rahbari M.Axmatova shuningdek tumanda faoliyat olib borayotgan fidoiy "Oqila ayollar",  otinoyilar, mahalla faollari  ishtirok etdi.      
Tadbirda "Oqila ayollar" harakati 2 yil davr mobaynida ko‘plab oilalarni mustahkamlashda, bir qancha tumandoshlarimizning oilalarida tinchlik chirog‘ini yoqishda, oila a’zolari o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlashda, farzand tarbiyasi, umuminsoniy  fazilatlarni singdirishda, mavjud muammolarni bartaraf etishda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limining faol ko‘makchisiga aylangan harakat a’zolariga Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpiboyevaning "Tashakkurnoma"lari topshirildi.


Unda tuman "Oqila ayollar" harkati yetakchisi M.Axmatova so‘zga chiqib, “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan yanada ezgu maqsadlar yo‘lida jipslashib mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishishni buyuk g‘oya qilib olganliklarini aytib, bayram bilan barcha harakat a’zolarini chin dildan qutladi.
Tadbirda ayolni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi. Ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.