Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNI BANDLIGINI TA’MINLASH MAQSADIDA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINALARI VA MOTOKULTIVATORLAR TOPSHIRILDI
2024-08-15 10:14:11 162
Bugun Toshloq tumanida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari ishtirokida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 65 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari hamda 6 nafariga qandolat pechi, 7 nafar yoshlarga motokultivatorlar topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
E’tiborlisi, endilikda subsidiya asosida tikuv mashinasi olgan xotin-qizlar uchun mahallalarda kooperatsiya asosida faoliyat yo‘lga qo‘yilib, daromad topishlariga ko‘maklashiladi.