Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ТОШЛОҚДА УСТОЗЛАР МИЛЛИЙ ФОРУМИ БЎЛИБ ЎТДИ

×

 2024-08-23 18:26:04    51

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar uchun o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida “Ustozlar milliy forumi“ yalpi yig‘ilishi Respublikamiz mustaqilligining 33 yilligini munosib nishonlash arafasiga bo‘lib o‘tdi.


Ma’lumki, yurtimizda ta’lim sifatini oshirish va tizimda innovasion yondashuvlarni joriy qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Pedagoglarning kasbiy rivojlanishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish mana shunday tizimli ishlardan biridir.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda ishlayotgan o‘qituvchilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qilish, ilg‘or metodikalar bilan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida o‘quv treninglari tashkil etib kelinmoqda. Har yili yangi o‘quv yili oldidan avgust oyida o‘tkaziladigan Ustozlar milliy forumi ham shunday tadbirlardan biridir.
Forumni tuman hokimi o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov ochib berib, yakunlangan 2023-2024 o‘quv yilida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritdi.
Joriy yilning 25 may kunida tumanimizdagi 50 ta maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq»lar yangrab,  1887   nafar yoshlarimiz qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashdilar. Ayniqsa, 39 nafar bitiruvchilar o‘qishni oltin, 4 nafari kumush medal bilan yakunlaganliklari quvonarli.
Forum yakunida tuman "Nuroniy" jamg‘armasi raisi O‘.Karimov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Soliyevlar bir guruh pedagoglarni tizimdagi faolligi, tashkilotchiligi va sohani rivojlantirishdagi xizmatlari uchun tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.