Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULIDA MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILDI
2024-09-10 15:29:58 77
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida o‘tgan qabulda asosan, fuqarolarning dehqonchilik qilish uchun yer olish, ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, imtiyozli kredit olish, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa qator masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, qabulda sektorlar rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berdilar.