Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 84-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2024-09-14 08:37:43 79
Sessiyada masalaga daxldor korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi masalalar:
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-118-sonli “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tuzilib tasdiqlangan bitimga o‘zgartirish kiritish haqida;
Toshloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Shuningdek, Toshloq tumanining ma’muriy-hududiy chegarasini belgilash masalalarini ko‘rib chiqish haqida mas’ul rahbarlarning hisobotlari ham eshitildi.
Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.