Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MEHR DAFTARI” DAGI YOSHLARGA E’TIBOR
2024-09-28 10:37:11 118
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 13 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan.
Tumandagi “Mehr daftari”ga kiritilgan 13 nafar o‘g‘il-qizlarning 1 nafariga kompyuter to‘plami, 6 nafariga mebel jihozi va 2 nafariga tikuv mashinalari va 4 nafar bolalarga maktab to‘lovlari to‘lab berildi. Tadbirda tuman hokimning birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Umarov, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Murodiljon Obidjonovlar qatnashib kompyuter va tikuv mashinalarini o‘z egalariga topshirar ekan, hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida ta’kidlab o‘tdi.