Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Assalomu alaykum, Tumandoshlar!
2024-10-09 17:03:53 122
Muxtaram yurtboshimizning 2023 yil 31 yanvar kungi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojalntirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari” to‘g‘risida qarorlari qabul qilindi.Mazkur qarorda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlarini tizimli ravishda davom ettirish maqsad qilib olindi.Tumanimiz ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi moliyaviy instrumentlardan foydalaniladi. Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2024 yilda 68.0 mlrd.so‘mdan ortiq kredit resurs mablag‘lari yo‘naltiriladi.Shundan, Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 38,8 mlrd.so‘m, Aholini biznesga jalb qilish yo‘nalishida 26,5 mlrd.so‘m, Biznesga birinchi qadam loyihasi bo‘yicha 5,2 mlrd.so‘mni tashkil qiladi.Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha, Toshloq tumanida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 16 mlrd 500 mln.so‘m kredit resurslari ajratilib sektor va mahallalar kesimida taqsimlab olindi.Jumladan,1-sektorga 7 mlrd 800 mln.so‘m; 3-sektorga 12 mlrd 900 mln.so‘m;2-sektorga 8 mlrd 200 mln.so‘m; 4-sektorga 9 mlrd 900 mln.so‘m.Joriy yil yanvar-senyatbr oylari davomida 3 473 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan jami 163 mlrd 300 mln.so‘m imtiyozli kreditlar olish uchun arizalar kelib tushgan.Shundan, qaror talablariga muvofiq 2.853 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga jami 32 mlrd 250 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratilishi uchun hokim yordamchilari tomonidan ijobiy xulosalar berilgan.Ijobiy tavsiyanomaga asosan 1.265 nafariga jami 32 mlrd 250 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Ajratilgan kreditlar natijasida 2530 nafar aholi daromadli ish bilan ta’minlandi va shundan 156 ta doimiy daromadga ega bo‘lgan oilalar kambag‘allik toifasidan chiqarildi.Yil yakuniga qadar mazkur qaror ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida, yuridik va jismoniy shaxslarga jami 24,0 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishini, buning natijasida jami 1900 dan ziyod fuqarolarni bandligini ta’minlashni rejalashtirganmiz. Aholi bandligi ta’minlash bo‘yicha Toshloq tumanida 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, ularda 35 809 ta xonadonlar hamda ushbu xonadonlarda 208,0 ming.dan ziyod fuqarolar istiqomat qiladi. Iqtisodiy faol aholi soni 190 089 nafarni, ish bilan band aholi soni 104 200 nafarni (shundan, rasmiy sektorda 46 206, norasmiy sektorda 57 994 nafar) tashkil etadi. Ishsizlar soni 1 709 nafar, ishsizlik darajasi 4.7%. Joriy yilda iqtisodiy nofaol aholidan mehnat bozoriga kirib keluvchilar 3950 nafarni, shuningdek, bitiruvchilar (maktab va KXKM)3 111 nafar va migratsiyadan kaytadiganlar 1054 naafrni tashkil etishi kutilmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib joriy yilda 20 151 nafar aholi bandligini ta’minlashni rejalashtirganmiz.Doimiy – 4 950 ta, Mavsumiy – 13 350 ta, Vaqtinchalik – 1 851 ta. Jumladan: Investisiyalar mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga –1 162 ta; Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga – 4 645 ta;Qishloq ho‘jaligi sohasida – 11 409 ta;Qurilish sohasida – 275 ta;Rejaga asosan yanvar-sentyabr oylari davomida jami 23 693 nafar aholi bandligi ta’minlandi (rejaga nisbatan 135,5 %).Jumladan,Investisiyalar mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga–1379 nafar;Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga – 7713 nafar;Qishloq ho‘jaligi sohasida – 13 993 nafar;Qurilish sohasida – 608 nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi.