Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Тошлоқ туманида 4 та тажриба асосида аҳоли бандлигини таъминлаш, кичик бизнесга жалб қилиш бўйича Тошлоқ тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари К.Умаровнинг МУРОЖААТИ

×

 2024-11-12 17:17:22    58

PDF yuklash
Chop etish


 Assalomu alaykum, tumandoshlar!

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, ya’ni Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va Gʻijduvon tajribalari yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirishda dasutri amal bo‘lib xizmat qilmoqda.Joriy yil mobaynida “Sayxunobod tajribasi” asosida 51 ta mahallalarda jami 650 ta mikroloyihalar amalga oshirishni rejalashtirgan edik.Shundan sentyabr oyida 510 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, amalda 420 ta loyihalar ishga tushurildi. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 1020 ta “Zarbdor tajribasi” asosida 18 ta mahallalarda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida jami 26 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 1285 ta.Amalda bugungi kun xolatiga 19 ta loyihalar ishga tushurilib, 1209 ta ish o‘rinlari yaratildi.Toshloq tumanida “Gʻijduvon tajribasi” asosida 12 ta mahallalarda “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish, bino va inshootlarlarga ehtiyoji yuqori bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘chirish bo‘yicha jami 90 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 918 ta.Topshiriqqa asosan 12 ta loyihalar shakillantirildi. Ish o‘rinlari soni - 918 ta. Amalda bugungi kun xolatiga 9 ta loyihalar ishga tushurilgan. Ish o‘rinlari soni - 728 ta.Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha “Uychi tajribasi” asosida iyul-dekabr (2-yarim yillik) oylari mobaynida bank mijozlari bilan 14 ta uchrashuvlar o‘tkazish va buning natijasida 1648 ta ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda bugungi kun xolatiga banklar tomonidan 8 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, 510 ta ish o‘rinalri yaratildi.Jumladan, sentyabr oyida 2 ta uchrashuv tashkil etilib, 314 ta ish o‘rinlari yaratildi.