Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Toshloq tumanida 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-01-17 10:21:40 14
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik D.Xudjaqulov boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda o‘tgan yili tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etildi.
Mas’ullarga kelgusida salbiy holatlarni oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash, jinoyatga murosasiz munosabatni yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tadbir so‘ngida xizmat faoliyatida namuna ko‘rsatib, yaxshi natijalarga erishgan xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Ikki nafar xodimlar esa, tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.