Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 152 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAQSAD SUVNI TEJASH

×

 2025-01-18 11:08:48    15

PDF yuklash
Chop etish


   Dehqonchilik uchun sarflanayotgan suv zaxiralari yildan-yilga kamayib borayotgani tufayli undan tejab-tergab foydalanish vazifasini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2024 yilni kanallarni betonlash zarbdor yili” deb e’lon qilgan edi.
 Bugun Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida Prezident topshirig‘i amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshloq tumanidagi ariq va soylarda betonlash ishlari boshlandi.  Ayni kunlarda Toshloq tumanida betonlash ishlari 72 kilometrni tashkil etadi. Bu degani rejadagi ishlarning 51 foizi bajarilganidan dalolat.  
 Davlat rahbari hamma kuchni to‘liq safarbar qilib, vegetatsiya davri boshlanguncha betonlash ishlarini yakunlash, kanallar atrofida daraxt ekish zarurligini ta’kidlagan edi. Suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suvni tejab ishlatish Suv xo‘jaligi boshqarmasining eng asosiy vazifasi sanaladi. Ayni kunda Toshloq tumani bo‘limi tomonidan ham betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.  
 Darhaqiqat, suv sarfini kamaytirish, mavjud suvlardan samarali foydalanishda ariq va kanallarning betonlashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu boradagi ishlarni o‘z vaqtida, sifatli qilib bajarish sohaga mas’ul vakillarning zimmasiga katta vazifa va mas’uliyatni yuklaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, mart oyiga qadar Farg‘ona viloyatidagi betonlash ishlari yakuniga yetadi.