Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika
2025-01-29 17:00:51 26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1-sonli Qarori yuzasidan Toshloq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tumandagi MFY yettiligi ishtirokida qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Qizil hududdagi mahallalarda qarordan kelib chiqqan holda qilinishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilindi. Qaror ijrosini yuksak darajada ta’minlash maqsadida, tumanda olib boriladigan ishlar tahlil qilinib, rejalar tuzildi. Jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan tashkil etiladigan chora-tadbirlar belgilanib olindi. Qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mahalla yettiligi bilan olib boriladigan amaliy ishlar tushuntirildi.