Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLIK SALOHIYATINI OSHIRISH: YANGI QONUNLAR VA BIZNES MUHITIGA MOSLASHISH.
2025-01-30 09:42:10 18
Tadbirkorlarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirish maqsadida Toshloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan ishbilarmonlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsadi tadbirkorlarga qonunchilik, soliq siyosati, mehnat huquqi va ekologik talablar kabi muhim sohalardagi majburiyatlar haqida aniq ma’lumot berishdir.
Treningda tadbirkorlar uchun qonunchilikning yangi o‘zgarishlari, soliq to‘lash tizimi, mehnat huquqi va ekologik talablari, lisenziyalar, sertifikatlar va biznes qilishning huquqiy yo‘llari haqida ma’lumot berildi.
Seminarda aytildiki, mamlakatdagi tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, biznes muhitini yaxshilash, biznes sohasidagi yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga kerakli shart-sharoitlarni yaratilmoqda. Qonunchilikni soddalashtirish, byurokratik to‘sqinliklarni yo‘qotish va tadbirkorlarga imkoniyatlar eshigi ochildi. Soliq siyosatidagi o‘zgarishlar, yordam dasturlari, kreditlash tizimini takomillashtirish va tadbirkorlarga moliyaviy ko‘maklar ko‘rsatilmoqda.
Bu treninglar tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va kerakli bilimlarni olishga yordam beradi, shuningdek, ularni bizneslarini samarali va barqaror rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarga yo‘naltiradi.