Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SALOMATLIGIMIZ UCHUN YANA BIR QADAM

×

 2025-01-31 10:43:49    41

PDF yuklash
Chop etish


   Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshloq  tuman  bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi A.Djurabayev, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i  E. Malikov va boshqalar mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirib, aholi salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Buning uchun chekka hududlarda ham zarur qulayliklarga ega binolar barpo etilib, zamonaviy usulda jihozlanayotgani va bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlar inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Yangidan qurilgan tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida ham hududda turli kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.  5 milliard 327  million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan zamonaviy qiyofadagi yangi binoda ishchi-xodimlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 
Yangi bino qurilish loyiha qiymati 5 327 916 906 so‘mni tashkil etgan ushbu ob’yektni pudratchi “Mirzo Saodat” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tez fursatlarda sifatli  barpo  etib sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xodimlariga topshirdilar.
3 qavatdan iborat binoda ma’muriyat, faollar zali, sanitariya gigiyena, epidemiologiya bo‘limlari, parazitologiya va bakteriologiya laboratoriyalari hamda alohida bir qavatli binoda yuqumli kasalliklarni bartaraf etish uchun Zararsizlantirish tadbirlarini tashkillash bo‘limi, ombor va arxiv xonalari joylashgan.