Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni
2025-02-06 16:15:42 13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining ijrosini ta’minlash borasida Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Xususan, Respublika ishchi guruhi a’zolari hamda Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Toshloq tumanidagi “Qanjig‘a” hamda “Teraktagi” MFYlari hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla faollari bilan uchrashib, qo‘riqlash patrullik xizmatidan foydalanish, zamonaviy videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish, masofaviy qo‘riqlash xizmatlaridan foydalanish, signalizatsiya tizimlarini joriy etish orqali nafaqat jinoyatchilikning oldini olish, balki mulk muhofazasini kuchaytirilish mumkinligi ta’kidlandi. Tadbirkorlarga qo‘riqlash xizmatlari orqali ularning savdo va ishlab chiqarish ob’yektlarini yuqori darajada muhofaza qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.