Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN: SALOHIYATGA XIZMAT QILUVCHI O‘QUV:
![](https://toshloq.uz/uploads/photo_2025-02-07_17-54-48.jpg)
2025-02-08 13:31:29 12
Bugun Toshloq tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Islohot-amaliyot-natija” shiori ostida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.Unda ishtirokchilar psixologik o‘yinlar orqali mashg‘ulotlar va darslarni tashkil etish, fanlarda innovasion ilg‘or metodlar va ko‘rgazmali qurollardan unumli foydalanish, shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan qo‘l mehnati mahsulotlari hamda me’yoriy hujjatlar bilan tanishdilar.
TAMAL TOSHI: Toshloq tumanidagi 1-maktab 1985-yilda qurib bitkazilgan edi. O‘sha vaqt bu manzilda 1144 o‘quvchilar tahsil olish imkoniyati yaratilgan. Bugun esa maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni ortgan. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu yerdagi ilm talablarga yangi imkoniyat hozirlamoq kerak."Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida qo‘shimcha 80 o‘rinli o‘quv binosi qurish ishlari boshlandi. Bugun esa ramziy birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
YO‘QLOV: Bugun Respublika ishchi guruhi a’zolari Toshloq tumanida yashovchi faxriy ustoz, 90 yoshli Munavvarxon aya Shomatova xonadonida bo‘ldilar.Munavvarxon aya yosh rahbarlarga o‘z tajribalarini so‘zlab berdi. Kechagi mashaqqatlar va bugungi kun shukronasi haqida so‘zladi.
SHUNINGDEK: Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili 26-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Bu yerda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar. Muassasada bugungi kunda 145 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqdalar.Ishchi guruh bu yerda tashkil etilgan inklyuziv guruhlar faoliyati bilan ham tanishib, guruh ishini rivojlantirish hamda mashg‘ulot xonasini belgilangan talablarga muvofiq jihozlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.