Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AYOLLAR SOG’LIGI – JAMIYAT BOYLIGI
2019-08-09 11:19:53 260
Siyosiy partiyalarda
Ayollar sog’ligi – jamiyat boyligi
O’zbekiston XDP tuman Kengashi tashabbusi bilan Nayman mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 55-sonli oilaviy poliklinikada “Sog’lom ayol oyligi” doirasida mahalla ayollari va bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik o’tkazildi. Partiya tuman Kengashi raisi T. Soliev hamda tuman Kengashi deputati, poliklinika shifokori T. Jo’raboevalar sa’y-harakati bilan hududda istiqomat qilib kelayotgan 4332 nafar ayollarning 68 % va 4600 nafar bolalar to’liq tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Ayollardan 35 nafariga ijtimoiy himoyaga muxtojligi bois aniqlangan kasalliklar bo’yicha davolanishlari uchun imtiyozli yo’llanmalar berilgan bo’lsa, 45 nafar bolajonlarning salomatliklarini tiklashlari uchun kerakli choralar ko’rildi. Mahallaning Ezgulik ko’chasi 103-uyda istiqomat qiluvchi Hadichaxon O’rmonova xonadoniga tashrif buyurilib opaning salomatligi chuqur tekshiruvdan o’tkazildi.
M. Mamajonova,
O’zbekiston XDP tuman Kengashi etakchi referenti.