Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SIFATLI VA BEJIRIM MAHSULOTLAR
2019-11-02 14:22:52 255
Endigina faoliyat boshlagan “Element kristal” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ro’zg’or uchun zarur elektr choynak va termoslar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Korxona rahbari Jasurbek Sobirovning sa’y-harakatlari bilan 15 dan ortiq ishsiz fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandi. Faoliyatni yo’lga qo’yish uchun tadbirkor tijorat bankidan 300 ming AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit olib ushbu mablag’ hisobiga Xitoy respublikasidan 7 ta dastgoh sotib oldi. Buning evaziga esa elektron choynak va termoslar ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini shu yerning o’zida bajarish imkoniyati yaratildi.
Ikki smenada tashkil etilgan faoliyat natijasida bir oy davomida 5000 dona tefal va yana shuncha termoslar ishlab chiqilib ichki bozorimizni arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga erishilmoqda. Jamiyatda ishchi xodimlarga qulay ish va dam olish sharoitlari yaratilgan bo’lib, oyliklar o’z vaqtida berib borilmoqda.
- Ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz e’tibor va qunt talab etadi. Har bir jarayonga mas’uliyat bilan yondoshib mahsulotlarimizni benuqson chiqarishga harakat qilamiz. Tayyor mahsulotlarning har biri tekshiruvdan o’tkazilgandan so’nggina sotuvga chiqariladi, -deydi korxona ishchisi Gulnoraxon Jalolova.
Bugun korxonada Bashoratxon Madrahimova, Ohunjon Olimov, Jumavoy Ergashyev, Jamshid Normatov, Salohiddin Nishonov singari ishchilar ahil bir oiladek faoliyat yuritib kelishmoqda. Ular tayyorlayotgan mahsulotlar bugun ichki bozorlarimiz orqali har bir xonadonga kirib borayotgan bo’lsa, tez orada tashqi bozor uchun ham tayyorlanishi ko’zda tutilmoqda. Bu albatta jamiyat xodimlari uchun moddiy manfaat keltirish bilan birga yurtimiz iqtisodiyoti uchun ham o’z xissasini qo’shishi tabiiy.
Husnidaxon Yakubova,
“Toshloq tongi” muxbiri.