Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEMOKRATIK PRINSIPLAR USTUVORLIGI
2019-12-03 19:04:47 311
Yaqinda qabul qilingan Saylov kodeksiga binoan bo’lib o’tadigan saylovlarda endilikda o’zini o’zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarning ishtirok etishiga ham ruxsat berildi. Parlament qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlarda quyi boshqaruv organlari vakillarining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi saylovlarning ochiq va oshkora, demokratik prinsiplarga mos ravishda o’tishida muhim ahamiyatga ega.
Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq mahalliy kuzatuvchilarga ham xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar kuzatuvchilari bilan teng huquq va majburiyatlar belgilandi. Kuzatuvning maqsadi saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir barcha tadbirlar, shu jumladan saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iboratdir.
Saylov komissiyalari kuzatuvchi mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro’yxatga olinganidan keyin unga o’z vakolatlarini to’laqonli hamda to’sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan yig’in raisi (oqsoqoli), uning o’rinbosari, maslahatchisi, shuningdek fuqarolar yig’ini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi bo’lishlari mumkin. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.
A. Karimov,
tuman adliya bo’limi boshlig’i.