Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IFTIXOR BILAN OVOZ BERAMAN
2019-12-12 09:34:20 253
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xoxish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
(O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasidan).
Oilamiz mahalladagi ziyoli oilalardan hisoblanadi. Boisi otam Jo’rabek Azimov madaniyat sohasida mehnat qilsa, onam Qunduzxon Azimova 21-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars beradi. Biz farzandlar ham ular singari o’qimishli bo’lishga harakat qilyapmiz. Opam Sarvinoz hozirda Farg’ona Davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakul’tetida 3-kursda o’qiyapti. Ana shunday baxt bu yil menga ham nasib etib universitetga rus tili va adabiyoti yo’nalishi bo’yicha o’qishga kirishga muvaffaq bo’ldim.
Kuni kecha mahallamizdagi 22-maktabda joylashgan 553-saylov uchastkasida bo’ldim. Uchastka saylov komissiyasi raisi R.To’xtamatova va rais o’rinbosari O’.Sotqinovlar meni saylov uchastkasidagi olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari va sharoitlar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan yaqindan tanishtirishdi. Birinchi bor saylovda ishtirok etayotgan yoshlar qatorida qayd etilganligim ana shu pallada menga yanada g’urur bag’ishladi.
Men ko’plab tengdoshlarim qatori O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlar deputatligiga saylovda o’zim tanlagan munosib nomzodlar uchun ovoz bermoqchiman. “Yangi O’zbekiston-yangi saylovlar” degan hayotiy so’zlarning zamirida katta ma’no mujassam. Chunki bu yilgi saylovlar mamlakatimiz rivojida yangi-yangi marralarni belgilab beradi. Ana shu jarayonda o’z ovozimiz bilan ishtirok etish har birimiz uchun naqadar katta baxtdir.
Dilnavoz HaydaraliYeva,
Farog’at mahalla fuqarolar yig’ini.