Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IMTIYOZ VA IMKONIYAT ISHONCHDIR
2019-12-17 16:10:17 276
Farmon va ijro
IMTIYOZ VA IMKONIYAT ISHONCHDIR
Respublikamiz Prezidentining “Savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni yurtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda ularning mas’uliyatini ham yanada oshiruvchi hujjat bo’ldi. Mazkur farmonning uchinchi bandiga muvofiq onlayn nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga o’tadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator imtiyozlar berildi.
Jumladan ana shunday tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega bo’lgan nazorat kassa mashinalari ishlatish, kassir operatsiyachi tomonidan nazorat kassa daftarini yuritish hamda ish kuni oxirida har bir nazorat kassa mashinasi uchun kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyatlari bekor qilinadi. Shuningdek kunlik o’rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o’zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo’ldilar. Bundan tashqari virtual kassa dasturiy mahsulotning asos qismi (bazasi) ularga O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan bepul berilishi belgilandi.
Farmon bilan belgilandiki jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida o’tkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablag’lar jismoniy shasxlardan olinadigan daromad solig’i bazasi sifatida qaralmaydi. Shuningdek endilikda jismoniy shaxslarning uy xo’jaligi sharoitida, shu jumladan dehqon xo’jaligida yetishtirilgan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, sotishdan, shuningdek hayvonlarni tirik yoki ularni so’yib sotishdan oladigan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan ozod qilinishida realizatsiya qilingan mahsulot jismoniy shaxs yoki uning oila a’zolariga ajratilgan tomorqa yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish tartibi bekor qilinadi.
SH. AbdullaYev,
tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i.