Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBORDA
2020-01-07 18:50:48 240
Tumanimiz markazidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Toshloq tuman bo’limida tuman hokimi Sh.Abdusalomov O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarni qabul qildi. Qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari hamda fuqarolarning murojaatlariga daxldor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida 26 nafar fuqaro murojaat etib jumladan 5 ta tadbirkorlik, 3 ta oilaviy kelishmovchiliklar, 5 ta yer ajratish va boshqa masalalardagi murojaatlar eshitildi. Jumladan, Aylanmajar mahalla fuqarolar yig’ini Obod ko’chasida yashovchi fuqaro T.Ibragimov va Do’stlik mahalla fuqarolar yig’ini Ohangrabo ko’chasida yashovchi fuqaro H.Mirzaboyevlarning beton tayanch ustunlarini o’rnatish va elektr sim liniyalarini yangitdan tortish masalalarida qilgan murojaatlari tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan fevralg oyida amalga oshirilishi belgilab olindi. Namunaviy arzon uy-joy olish masalasida Xonariq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro M.Yuldashev hamda Chuqurqishloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro X.Ergashevalarning murojaatlari atroflicha o’rganilib, hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek aholining oilaviy ajrim, ishga joylashish, moddiy yordam masalalari bo’yicha murojaatlariga ham o’z vaqtida munosabat bildirilib tegishli mutasaddi rahbarlarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.