Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VATANIMIZ HIMOYACHILARI SHARAFLANDI
2020-01-15 09:57:04 229
Bugun Toshloq tuman hokimligi tomonidan “Oltin vodiy” tantanalar majmuasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 28 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa bo’limi xodimlari uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tantanali marosimda harbiy xizmatchilar, zahiradagi ofitserlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Muhtasham tantanalar majmuasida yozilgan bayramona dasturxon atrofida harbiylar bilan birga ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbir avvalida tuman “Nuroniy” jamg’armasi raisi O’.Karimov, tuman prokurori A.Xudoyberganovlar tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlashdi. Tuman Madaniyat bo’limi hamda “Rayhon” ashula va raqs xalq dastasi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga yanada bayramona kayfiyat baxsh etdi.
Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shayotgan harbiylarning bir guruhi faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.
Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.