Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI QABULIDA: MUROJAATLAR YECHIMINI TOPMOQDA
2020-01-15 15:45:56 244
Tuman hokimi Sh.Abdusalomovning navbatdagi qabuliga 25 nafar fuqarolar tashrif buyurishdi. Qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari hamda fuqarolarning murojaatlariga daxldor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, zaruriy chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan 3 ta tadbirkorlik, 6 ta yer ajratish, 3 ta ishga joylashish, 4 ta moddiy yordam va boshqa masalalardagi murojaatlar eshitildi. Jumladan, Chek mahalla fuqarolar yig’inilik fuqaro N.Bozorova va Furqat mahalla fuqarolar yig’ini Oqshom ko’chasida yashovchi fuqaro T.Abdurahmonovalarning moddiy yordam va kuz-qish mavsumi uchun ko’mir so’rab qilgan murojaatlari shu yerning o’zida hal etildi. T.Abdurahmonovaning farzandi uchun qishki kiyimlar va sport musobaqasiga borishda sarflanadigan harajatlar homiylar mablag’lari hisobidan qoplandi. Namunaviy arzon uy-joy olish masalasida Hamrak mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro O.Tursunova hamda Sadda mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro D.Yunusovalarning murojaatlari atroflicha o’rganilib, hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek aholining ishga joylashish, ichki yo’llarni shag’allashtirish masalalari bo’yicha murojaatlariga ham o’z vaqtida munosabat bildirilib tegishli mutasaddi rahbarlarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.