Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAXSUS O’QUV DARSI O’TKAZILDI

 2020-01-19 08:05:18    256

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3856-son qarorining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2019-yil 6-dekabrda Qo’shma qaror qabul qilingan. Mazkur Qo’shma qaror yuzasidan Toshloq tumani XTB bilan hamkorlikda 1-, 3-, 11-, 18-, 21-umumiy o’rta ta’lim maktablari va 1-IDUMIda aholi bandligiga ko’maklashish markazining xodimlari S.O’rmonova, M.Ibroximova, V.Qazaqov, A.Dilmurodov, shuningdek maktab direktorlari, psixologlari tomonidan 11-sinfo’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida o’quv dars soatlari tashkillandi. 

O’quvchilarga O’zbekistonda mehnat bozorining holati, mehnat organlari faoliyatida foydalanadigan asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, aholi bandligiga ko’maklashish markazlarining asosiy faoliyat turlari, mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklarga ega bo’lish imkoniyatlari Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlaridag iishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markazlari (Koyka bilan hamkorlikda), "Ishga marhamat" mono markazi, vazirlik tasarrufidagi kasb-hunarga o’qitish markazlari, tumandagi kasb-hunar maktablari, yoshlar uchun qo’shimcha kafolatlar, kasb tanlashdagi asosiy kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Darslar davomida o’quvchilar tanlagan kasblari yuzasidan qayerda, qanday ish olib borish masalalari hamda o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. O’quvchilar tomonidan "Kasb tanlash varaqasi" so’rovnomasi ham to’ldirildi.

Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.