Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARI
2020-01-25 17:19:52 270
Dastur doirasida imtiyozli kreditlar birinchi navbatda kam ta’minlangan oilalarni qamrab olgan holda, daromad olishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga ajratiladi.
Xususan: hunarmandchilik, novvoychilik, kasanachilik, kosibchilikni tashkil etish, yog’ochga ishlov berish, metal va tunuka buyumlar tayyorlash, milliy shirinliklar tayyorlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish;
Imtiyozli kreditlar 3 — 6 oygacha bo’lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko’p bo’lmagan muddatga:
- bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarigacha (223 ming * 150 bar = 33 mln 450 ming so’mgacha) miqdordagi kreditlarni ajratish tijorat banklarining tuman filiallari
- bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobarigacha (223 ming * 1000 bar = 223 mln so’mgacha) miqdordagi kreditlarni ajratish tijorat banklarining viloyat filiallari;
- bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobaridan ortiq (223 ming * 1000 bar = 223 mln so’mdan ortiq) miqdordagi kreditlarni ajratish Dastur koordinatorlari (O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi) bilan kelishilgan holda tijorat banklarining viloyat filiallari vakolatida ekanligi belgilab qo’yilgan.
- Ta’minotchi tashkilotlarga hamda aholi xonadonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotib oluvchi tadbirkorlik subhektlariga ham imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi PQ-4498-son qaroriga muvofiq dasturga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar:
u Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlash AT Xalq banki, «Mikrokreditbank» ATB va «Agrobank» ATB banklar orqali amalga oshiriladi.
u Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasida (hozirgi kunda 16 foiz) ajratiladi;
u Jamg’armalar, xususan:
-Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;
-Hokimliklar huzurida yangi ish o’rinlari tashkil etishni rag’batlantirish hududiy jamg’armalari;
-Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat jamg’armasi;
-«Yoshlar— kelajagimiz» jamg’armasi;
-Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi;
Boshqa jamg’armalar hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo’yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etildi;
MUROJAT UCHUN TELEFONLAR:
Toshloq tuman Tadbirkorlikka ko’maklashish bo’limi
Uyali telefoni: 91-107-83-87
Toshloq tuman aholini ish bilan band qilish markazi
Uyali telefoni: 98-276-10-08
Toshloq tuman xokimligi Moliya bo’limi
Xizmat telefoni: 73-238-00-09
Toshloq tuman Iqtisodiyot va sanoat bo’limi
Xizmat telefoni: 73-238-07-28