Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Hurmatli tadbirkorlar va o’z faoliyatini kengaytirish istagida bo’lgan ishbilarmonlar!

 2020-01-30 15:15:39    243

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 avgustdagi 672-sonli hamda 2018 yil 12 dekabrdagi 1007-sonli qarori asosida Farg’ona viloyatida tashkil etilgan 14 ta kichik sanoat zonalarida bugungi kunda 112 nafar tadbirkor tomonidan istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Viloyatimiz shahar va tumanlaridagi bo’sh turgan bino va inshootlar, shuningdek qishloq xo’jaligida foydalanilmay kelinayotgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan ushbu kichik sanoat zonalariga tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish va istiqbolli loyiha tashabbuskorlarini tanlash maqsadida joriy yilning 20 fevral kuni tendir tanlovlari o’tkaziladi. Unda viloyatimizdagi barcha tadbirkorlar o’zlarining eksportbop, import o’rnini bosa oladigan, raqobatbardosh sanoat, qurilish va to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Aniq talabgorlarning investitsiya kiritish bo’yicha puxta rejaga asoslangan Biznes loyihalari va paket hujjatlar to’plami viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha Yagona direktsiyasi” tomonidan 19 fevral kuni kechki soat 18.00 ga qadar qabul qilinadi.

Quyidagi “Kichik sanoat zonalari”  hududidagi bo’sh turgan ishlab chiqarish maydonlari tenderda g’olib deb topilgan tadbirkorlik sub’ektlariga, davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to’lovi stavkasi bo’yicha, amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsientlarni qo’llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarish ehtiyojlariga ko’ra elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadilar.

Quvasoy shahridagi “Quvasoy” kichik sanoat zonasidagi 17 ta lot, umumiy maydoni 14076 kv/m;

Marg’ilon shahridagi “Navro’z” kichik sanoat zonasidagi 3 ta lot, umumiy maydoni 2170,5 kv/m;

Marg’ilon shahridagi “Nadirmat” kichik sanoat zonasidagi 7 ta lot, umumiy maydoni 3244 kv/m;

Farg’ona shahridagi “Farg’ona Mexanika” kichik sanoat zonasidagi 24 ta lot, umumiy maydoni 117218 kv/m;

O’zbekiston tumanidagi “Kichik tagob” kichik sanoat zonasidagi 18 ta lot, umumiy maydoni  29500 kv/m;

Dang’ara tumanidagi “Suvinshoot ta’mir” kichik sanoat zonasidagi 2 ta lot, umumiy maydoni  180 kv/m;

Yozyovon  tumanidagi “Guliston” kichik sanoat zonasidagi 10 ta lot, umumiy maydoni  14800 kv/m;

Quva tumanidagi “Turk” kichik sanoat zonasidagi 27 ta lot, umumiy maydoni  37500 kv/m;

Quva tumanidagi “Sanoatchilar” kichik sanoat zonasidagi 4 ta lot, umumiy maydoni  5500 kv/m;

Quva tumanidagi “Soyguzar” kichik sanoat zonasidagi 9 ta lot, umumiy maydoni  65000 kv/m;

Qo’shtepa tumanidagi “Yo’ldoshobod” kichik sanoat zonasidagi 3 ta lot, umumiy maydoni  6000 kv/m;

Oltiariq tumanidagi “Yangi qo’rg’on” kichik sanoat zonasidagi 10 ta lot, umumiy maydoni  70000 kv/m.

Umumiy holatda viloyatimiz shahar va tumanlaridagi umumiy maydoni 365189 kvadrat metrdan iborat 133 ta lotga tender tanlovi o’tkaziladi.

Eng yaxshi loyihalar kichik sanoat zonalari hududiga tanlov asosida joylashtiriladi.

Tanlovga ishtirok etish maqsadida quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz talab etiladi:

-korxona Nizomi va ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi   (jismoniy shaxs bo’lsa pasportidan ko’chirma);

-loyihaning Biznes rejasi.

Biznes rejada quyidagilar o’z ifodasini topgan bo’lishi shart:

-investitsiya summasi, moliyalashtirishning aniq manbalari;

-majburiyatlarning turi, muddati va ularni bajarish shartlari;

-ishlab chiqarish xom-ashyo resurslarining manbalari;

-mahsulot bozori va eksport hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar.

Shoshiling, qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

O’zingizni qiziqtirgan savollar bo’yicha viloyat Iqtisodiyot va sanoat boshqarmasining (91) 653-33-35 va viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direktsiyasi”ning (90)  584-84-20  va  (90) 277-63-08 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Farg’ona viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”.