Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BOSHQARUV YIG’ILISHI O’TKAZILDI
2020-02-01 18:50:15 269
Tuman hokimligining majlislar zalida Xotin-qizlar qo’mitasining boshqaruv yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, "Oila" ilmiy-amaliy markazi viloyat boshqarmasi boshlig’i K.Kavlonova, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tumandagi faol ayollar ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24 yanvar kungi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar va uni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini o’z vaqtida aniqlash hamda ularni qo’llab-quvvatlash masalalarida tuman hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi M.Abdullayevaning ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek yig’ilishda tuman IIB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Kattabekov, tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi rahbari J.Yunusov, tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri A.Soliyev, "Oila" ilmiy-amaliy markazi tuman bo’limi rahbari M.Qoraboyeva hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari T.Mamajonovlarning ma\ruzalari ham eshitildi.
Tadbir davomida 2019 yilda xotin-qizlar bilan ishlashda faol bo’lib namuna ko’rsatgan bir qator xodimlar, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari taqdirlandilar.
Tadbir so’ngida joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama etildi, vazifalar belgilab olindi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.