Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Mulohaza uchun mavzu

 2020-02-06 18:08:50    254

PDF yuklash
Chop etish


TARBIYADA E’TIBORSIZLIK BO’LMASIN!

Xalqimizda “Qush uyasida ko’rganini qiladi”,  degan naql bor. Bu bejiz aytilmagan. Chunki har qanday mavjudot eng avvalo, o’zining qadrdon go’shasidagi muhit ta’sirida ulg’ayadi. Shu ma’noda farzandlarimizning ong-tafakkuri, dunyoqarashi ham avvalo, oiladagi muhit, muomala, munosabatdan kelib chiqib shakllanadi.  Demak oilada qanday yo’l tutsak, farzandlarimizga nima o’rgatsak ertaga ulardan shunga mos natija kutamiz.

Oila sohibu sohibasi oqila, uquvli, ilmli bo’lsa farzandlarning baxti. Ular ota-onasidan faqat yaxshi tarbiya oladi. Tarbiyada esa farzandlarni ilm olishga, gazeta, kitob o’qishga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mahallamizda bir oila bor. Ota duradgor usta, ona uyida chevarlik qiladi. Ular uch qiz, ikki o’g’ilni hunari, halol mehnatlari ortidan tarbiyalab voyaga yetkazdilar. Ota-ona farzandlariga kichikligidan turli kitoblar olib berar, kitob o’qib gapirib bergan bolalarini turli yo’llar bilan rag’batlantirardilar. O’zlari kitob o’qimasalar-da, bolalarida kitobga mehr uyg’ota olishdi. Yillar o’tdi. Bugun farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli, turli joylarda ishlashadi, hurmat-e’tiborga loyiq insonlar bo’lishgan.

Yana bir oila bor. U oilada ota tadbirkor, ona nufuzli idorada hisobchi bo’lib ishlaydi. Ikkisi ham oliy ma’lumotli. Ularning ikki qiz, bir o’g’li bor. Farzandlari yoshligidan dadasi bilan yurib savdo-sotiqni, pul topishni o’rganishdi. Ularning birorta badiiy kitob o’qiganlarini bilmayman. Bugun ular ham o’ziga to’q, hurmat-e’tiborli kishilar bo’lib kamol topishdi. Lekin, ularning oilasida bir-birlariga mehr-oqibat, hurmat yo’q. Doimo turli muammolar girdobida yuradilar. Ma’naviyatdan yiroq bu kishilar hamma narsani pul bilan o’lchashadi. Mahalladoshlar ham ular bilan shunga mos munosabatda bo’ladilar.  

Bundan xulosa qilib demoqchi bo’lganim, oddiy inson bo’lamizmi, boy-badavlatmi, eng avvalo, farzandlarimizni odob-axloqli, ma’naviyatli, ilmli qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qarataylik. Mayli ular olim bo’lmasin, lekin odam bo’lsin. Hayotda “yaxshi odam” degan nom olsin, ota-onasiga rahmat keltirsin. Hayotdan mamnunlik, farzand o’stirib uning kamolini ko’rishlik baxti aslida shu emasmi?!

To’g’ri, bugun ishimiz ko’p, vaqtimiz kam bo’lishi mumkin. Lekin tarbiya borasida aslo e’tiborsiz bo’lmasligimiz lozim. Farzandlarimizga chiroyli tarbiya beraylik. Zero, ertaga bergan tarbiyamizdan ko’nglimiz tog’day ko’tarilsin, yuzimiz aslo yerga qaramasin.

Furqatjon QODIROV.