Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Hokim va yoshlar” uchrashuvi

×

 2020-02-26 18:33:05    296

PDF yuklash
Chop etish


MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA

Sektor rahbarlarning tumanimizdagi uyushmagan yoshlar hamda ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlari uyushqoqliq bilan o’tkazilmoqda. 1-sektor hududidagi 51-o’rta ta’lim maktabining faollar zalida o’tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ham o’zgacha taraddud va tartibda tashkillandi. Unda mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Muzaffar Yo’ldoshev, tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i Hikmatillo Djo’rabyev, sharqiy-harbiy okrugi vakillari, tuman hokimi o’rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, hududda yashovchi fuqarolar hamda yuzga yaqin uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida 1-sektor rahbari, tuman hokimi Shuhratjon Abdusalomov mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, tumanimizdagi yoshlarning bugungi kundagi tashabbuskorligi, ijodkorligi haqida fikr bildirib, sektor hududida ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatlari bilan shug’ullanish istagini bildirayotgan fuqarolar, ayniqsa yoshlarga ko’rsatilayotgan amaliy yordamlar, ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek hududdagi mavjud muammolar, ularning yechim topishi uchun amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

Shundan so’ng tadbirning asosiy qismi, ya’ni fuqarolarning murojaatlarini tinglashga o’tildi. Tadbir davomida jami 20 ta murojaat eshitilib, shu yerning o’zida ishga joylashish, imtiyozli kredit ajratish va boshqa yo’nalishlardagi 11 ta murojaat o’z yechimini topdi. Muddat va o’rganish talab etgan muammollar esa nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan, lekin hozirda joy va mablag’ yetishmasligidan ish o’rinlari sonini ko’paytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishda amaliy yordam so’ragan yoshlarimiz ham ko’p bo’ldi. Bunday yoshlar bilan ham shug’ullanilib, mutassaddi tashkilotlarga alohida topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Jumladan, Chek mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi faqaro Saidjamol O’rmonov non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yer maydoni va imtiyozli kredit ajratish masalasida murojaat etdi. Murojaatchining mazkur masalasiga yechim topish maqsadida “E-ijroauksion”da hududdagi bo’sh turgan binolarning mavjudligi tushuntirib o’tildi. Tuman tadbirkorlar markazi rahbari Z.Soliyeva va tuman “Agrobank” filiali boshlig’i D.Sotvoldiyevlarga tegishlicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek Quyi Yakkatut mahallasilik yosh tadbirkor Salohiddin Yusufaliyevning ham elektr ta’minoti va imtiyozli kredit ajratish masalasida qilgan murojaati bo’yicha ham tuman elektr tarmoqlari korxonasi va tijoraat banklari rahbarlariga masalani hal etish choralarini ko’rish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Albatta o’tkazilayotgan har bir uchrashuv va sayyor qabullar davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar, muammolar bugun har bir rahbarning sidqidildan, shuningdek fidoyi bo’lib faoliyat olib borishini talab etmoqda. Qaysiki korxona va tashkilotda fuqaro murojaati bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimli yo’lga qo’yilgan bo’lsa, ular bugun aholining duosini olib, tinch va ko’tarinki kayfiyatda faoliyatlarini davom ettirmoqda. Aksincha bo’lganlari esa, bugun bunday uchrashuv va qabullarda rahbarlarning ham, fuqarolarning ham oldida yuzi shuvud bo’lmoqda. O’ylaymizki, bunday tashkilot rahbarlari ham o’zlariga xulosa qilib tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shadilar. Bugun biz fuqaro murojaatiga bepisandlik bilan qarayotgan, muammoli masalalar yechimini kechiktirayotgan tashkilotlar haqida so’z yuritdik xolos. Keyingi uchrashuvlar va sayyor qabullarni ham yoritib, albatta shunday tashkilotlarni nomma-nom sanab o’tamiz, shuningdek o’rganishlar, surishtiruvlar ham olib boramiz.

Furqatjon Qodirov,

tuman hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi.