Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KITOB TAQDIMOTI

×

 2020-02-27 15:53:47    428

PDF yuklash
Chop etish


Iqtidorli yoshlarimiz

Kaftimdagi hislarim

Dildora Dilshod qizining ilk kitobi nashrdan chiqdi

Yashayman hamisha olg’a intilib,

Osmondan kattadir mening yuragim...

Bugun tumanimizda iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlab, ularning iqtidorlarini ro’yobga chiqishi uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  Tumanimizning chekka hududlarida yashab ishod qilayotgan talantli, iste’dodli yoshlar ham e’tibordan chetda qolayotgani yo’q. Ertangi kunimizning haqli egasi bo’lgan yoshlarimizga o’zlarini namoyon qilishlari uchun barcha imkoniyat eshiklari ochib berilmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz bugun barcha jabhalarda o’z iqtidorlari va faolliklari ko’rsatmoqdalar. 

She’riyat, adabiyot sohasida o’z o’rnini topish, o’z so’zini aytishga intilayotgan Dildoraxon elimiz suygan Zulfiyaxonimdek yetuk shoira bo’lish ilinjida qalam tebratib kelayotgan yosh va umidli ijodkorlardan biridir. Dildora Dilshod qizining qalb haroratiga qorilgan qoralamalarini ko’zdan kechirar ekansiz, yuksak maqsad va orzular nafasi ruhingizga uriladi. Iqbol sari eltuvchi yo’llarda umidning qo’llaridan mahkam tutgan qizginaning dil tug’yonlaridan hayratga tushasiz. Uning she’rlarida ona Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat, umuminsoniy tuyg’ularga qadriyat ruhi asosiy o’rinni egallaydi. Ayniqsa tabiat manzaralariga chizgilari o’zgacha.

Jajji yuragimda qaynar shijoat,

Ezgu maqsadlarga chorlayverar baxt.

Onamning ko’zlari ishonch-la boqar,

Shu sabab dilimda senga muhabbat.

Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Dildoraxon To’xtasinova hozirda 34-maktabning 9-sinf o’quvchisi. U maktabda o’tkaziladigan har bir tadbirda faolligi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Yosh shoiraning ilk kitobidan joy olgan qirqqa yaqin she’rlar samimiy tuyg’ular bilan yo’g’rilgan.

Kuni kecha yosh iste’dod sohibasi Dildora Dilshod qizining “Kaftimdagi hislarim” nomli ilk she’riy to’plam kitobi she’riyat ihlosmandlariga havola etildi. Shoiraning ilk kitobi taqdimotida tuman hokimi Sh.Abdusalomov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi A.Akbarov, Ahmad al-Farg’oniy nomidagi viloyat kutubxonasi mudiri Sh.Arslonov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi A.Sulaymonov, “Bilimdon” respublika bolalar va o’smirlar jurnali muharriri K. Hamroqulova, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi tuman bo’limi mudiri S.Ismoilov va yosh ijodkorlar, maktab o’quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar yosh iste’dod sohibasiga oq yo’l tilashib, kelajakda elimiz suygan shoira bo’lib yetishishi uchun qo’llab-quvvatlashlarini ta’kidlashdi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan  “Kaftimdagi hislarim” kitobining yana ming nusxa chop etilishiga homiylik qilish tashabbusi yig’ilganlar olqishiga sazavor bo’ldi.

Kitob taqdimoti tadbiriga maktab o’qituvchilari va o’quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturidagi musiqiy chiqishlar, yosh shoira qalamiga mansub she’rlarning yoddan aytilgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

-Ilk kitobimning taqdimotiga meni qo’llab-quvvatlash va ilhom baxsh etish uchun tashrif buyurgan barcha aziz insonlardan boshim ko’kka yetdi. Shu darajaga yetishishimda ustozlarim va onajonimning o’rinlari beqiyos, - deydi biz bilan suhbatda yosh shoira. – Har birlari men uchun juda ko’plab kitoblar jamlanmasi va boshqa sovg’alarni taqdim etishdi. Albatta, kitobimning chop etilishida moddiy va ma’naviy tomondan yordam bergan tumanimiz hokimiga alohida minnatdorchiligimni bildiraman.  


Furqatjon QODIROV,

tuman hokimligining axborot xizmati rahbari.

Odilxon MAJIDOV,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari.