Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI KLINIKA FAOLIYAT BOSHLADI
2020-03-02 16:24:39 318
O’tgan yillar davomida “Yoshlar –kelajagimiz”, “Har bir oila - tadbirkor” kabi fuqarolarimizning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishlari uchun madadkor bo’layotgan Davlat dasurlari orqali bugun tumanimizdan ko’plab yosh tadbirkorlar yetishib chiqdi. O’z bisnes loyihalarini mustahkam tayyorlagan, o’zoqni ko’zlab ezgu-maqsad sari olg’a intilayotgan tadbirkorlarimiz faoliyatini kengaytirayotganliklari natijasida ko’plab ish o’rinlari yaratilmoqda, ishlab chiqarish hajmi esa yil sayin ortib bormoqda. Jumladan, “Yoshlar - kelajagimiz” jamg’armasi tuman filiali tomonidan bugungi kungacha 86 loyihalar uchun 10 mlrd. 794 mln. so’m imtiyozli kredit mablag’lari besh yil muddatga ajratildi.
Yosh tadbirkor Farrux Abduhamidov ham “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 950 mln. so’m imtiyozi kredit hamda 1.5 mlrd. so’m o’z mablag’lari hisobidan tuman markaziga tibbiy klinika tashkil etdi. Tez fursatda qad rostlagan klinikada ultraovozli diagnostika, labaratoriya, terapevt, fizioterapiya hizmatlari tashkil etildi. 14 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
“Elegant Med-Servis” xususiy klinakaning ochilish marasimida tuman hokimi Sh.Abdusalomov, sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimi so’zga chiqib, yosh tadirkorlarimizga tumanimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida to’xtalib o’tdi. Tadbir ishtirokchilari klinikada fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda yangi turdagi tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan yaqindan tanishdilar.
Quvonarlisi, klinika faoliyat boshlaydigan kun munosabat bilan berilgan e’longa ko’ra, yuzga yaqin fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko’rsatildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.