Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUNOSABAT
2020-03-09 20:40:42 244
“Farg’ona haqiqati” gazetasining 19-fevraldagi 14-sonida, Davlat dasturi bo’yicha viloyatdagi 19 shahar-tumanlarda 28 ta “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etish belgilanganligi, tahririyat tomonidan Rishton, Beshariq, Buvayda, Uchko’prik, Toshloq tumanlari hamda Farg’ona shahrida “Yoshlar mehnat guzari” nomigagina tashkillanib, haligacha faoliyati yo’lga qo’yilmagani tanqid ostiga olinganligi bo’yicha tuman hokimligining rasmiy munosabati
“Farg’ona haqiqati” gazetasining 19-fevraldagi 14-sonida, Davlat dasturi bo’yicha viloyatdagi 19 shahar-tumanlarda 28 ta “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etish belgilanganligi, tahririyat tomonidan Rishton, Beshariq, Buvayda, Uchko’prik, Toshloq tumanlari hamda Farg’ona shahrida “Yoshlar mehnat guzari” nomigagina tashkillanib, haligacha faoliyati yo’lga qo’yilmagani tanqid ostiga olinganligi bo’yicha mutasaddi tashkilotlar bilan o’rganishlar olib borildi.
Mazkur maqolada “Toshloq tumani yoshlari sardori Abdug’ani Sulaymonov Toshloq shaharchasining o’zida 4 ta “Yoshlar mehnat guzari” borligini aytdi. Afsuski, bu raqam ham hisobot uchun, amalda maqtanarli ishlar yo’q. Birigina misol, “Ishonch” kredit-savdo markazi binosi yonidagi “Yoshlar mehnat guzari”ni bir qarashdayoq rasmiy hujjatdagi ro’yxat sonini ko’paytirishga qilinganini anglab olish qiyin emas”, deb yozilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5466-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, yoshlarni bisnes bilan shug’ullanishga faol jalb qilish hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qaroriga asosan, tumanimizda 10 nafar hususiy tadbirkorlarga “Yoshlar mehnat guzari” kompleksi hamda 1 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi qurish va tashkil etish bo’yicha bo’sh bino va yer maydonlari ajratilgan bo’lib, 2019-yil davomida 1 ta kovorking markazi hamda 4 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari bitkazilib ishga tushirildi. Ushbu mehnat guzarlarida yoshlar uchun 35 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Qolgan 5 ta “Yoshlar mehnat guzari” kompleksi qurilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Toshloq tumani Furqat mahalla fuqarolar yig’ini Mehnat ko’chasida tadbirkor Sobirov Botir Shermuxammatovich tomonidan “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilgan. Plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yoshlar mehnat guzari”da 10 ta yangi ishchi o’rni yaratilgan hamda tumandagi yoshlar ish bilan ta’minlangan.
Toshloq tumani So’filar mahalla fuqarolar yig’ini Muqimiy ko’chasida tadbirkor Mahmurov Ziyodillo Mahamadali o’g’li tomonidan “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilgan. “Yoshlar mehnat guzari” ikki qavatli bo’lib, birinchi qavatida dorixona, ikkinchi qavatida maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi faoliyat yuritmoqda hamda tumandagi 4 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan.
Toshloq tumani Mehnatobod mahalla fuqarolar yig’inida tadbirkor Qodirov Otabek Gaybuyevich tomonidan “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilgan. “Yoshlar mehnat guzari”da savdo do’koni, sartaroshxona va umumiy ovqatlanish shahobchasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu “Yoshlar mehnat guzari” da 6 nafar yoshlar ish bilan taminlangan.
“Ishonch” kredit-savdo markazi binosi yonidagi “Yoshlar mehnat guzari” tumandagi “IDEAL AND EXTRA” MCHJ rahbari Bobur Egamberdiyev tomonidan qurib bitkazilib, kompleksda savdo va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. “Ishonch” kredit-savdo markazi binosi ham “Yoshlar mehnat guzari” kompleksiga tegishli bo’lib, “Yoshlar mehnat guzari” kompleksining yopiq binosida joylashgan. Qolgan ochiq maydonda esa muzqaymoq va salqin ichimliklar do’koni hamda umumiy ovqatlanish shahobchasi joylashgan. Muzqaymoq va salqin ichimliklar do’koni bahor, yoz, kuz fasliga mo’ljallangan bo’lib, qish faslida faoliyat yuritmagan edi. Hozirda mart oyidan boshlab muzqaymoq va salqin ichimliklar do’koni faoliyatini boshlagan, kelgusida qish oylarida ham faoliyatini to’xtatmaslik chora-tadbirlari belgilandi. Tadbirkor tomonidan ushbu “Yoshlar mehnat guzari” kompleksida jami 15 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.