Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Tuman hokimi qabulida: Murojaatlarning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda

×

 2020-03-10 19:28:24    292

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Toshloq tuman bo’limida tuman  hokimi Sh.Abdusalomovning O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi navbatdagi qabuli o’tkazildi. Unda tuman hokimi o’rinbosarlari hamda fuqarolarning murojaatlariga daxldor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. 

Qabul davomida 47 nafar fuqarolar tomonidan 51 ta murojaat eshitildi. Jumladan, 21 ta yer ajratish va 9 ta uy-joy, 5 ta tadbirkorlik, 4 ta davolanish bo’yicha moddiy yordam, 3 ta ishga joylashish va boshqa masalalardagi murojaatlar eshitildi. Suvboshi mahallasilik M.Mehriddinova doimiy ish bilan bandligini ta’minlash va namunaviy arzon uy-joy olish masalasida murojaat etdi. Fuqaroning murojaati bo’yicha tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi rahbari J.Yunusov va tuman hokimligi mutaxassisi M.Abdullayevalarga hududdagi ishlab chiqarish korxonalari, tikuvchilik fabrikalaridagi ish jarayonlari bilan murojaatchini tanishtirish bo’yicha topshiriq berildi. Namunaviy arzon uy-joy olish masalasidagi murojaati yuzasidan fuqaroga uy-joy olish tartibi, har oyda to’lovlarni amalga oshirish bo’yicha ish bilan band bo’lishligi, oilaning daromad manbasi, to’lov imkoniyati bo’lishi lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Har haftada o’tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning har bir murojaatlari to’liq eshitilgach masalaga yechim topish bo’yicha shu yerning o’zida aniq chora-tadbir belgilanayotganligi, fuqarolardagi boqimandalik kayfiyatini o’zgartirilayotganligi, ularni tadbirkorlik faoliyatlarini yo’lga qo’yish uchun yo’nalishlarning ko’rsatilayotganligi bilan ahamiyatli bo’lmoqda.

Bugun o’tkazilgan tuman hokimi qabulida 5 ta murojaat shu yerning o’zida hal etildi, o’rganish va muddat talab etilgan murojaatlar esa nazoratga olindi. Fuqarolarning ishga joylashish, moddiy yordam masalalari bo’yicha murojaatlariga ham o’z vaqtida munosabat bildirilib tegishli mutasaddi rahbarlarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek qabul so’ngida tuman hokimligining murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassislari hamda tashkilot va korxona rahbarlariga har bir murojaat yuzasidan olib borilgan o’rganishlarga ko’ra, muammoni ijobiy hal etish, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan shaxsan tuman hokimi bilan maslahatlashib takroriy murojaatlar sonini keskin kamaytirish bo’yicha ham tushunchalar berildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.