Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tuman Kengashi sessiyasida: Sektor rahbarlari axborotlari eshitildi
2020-03-10 19:43:24 284
Xalq deputatlari tumani Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman hokimligi guruh va bo’lim rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar, huquq-tartibot organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, siyosiy partiyalar, nodavlat-notijorat tashkilotlari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirok etishdi.
Sessiyani tuman hokimi Sh.Abdusalomov ochdi va olib bordi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan sessiya kotibi etib 23-Xonariq saylov okrugidan deputat R.Matqulov saylandi.
Sessiya ishida tumanimizda 2020 yilda yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha ustuvor vazifalar hamda sektorlar hududida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan to’rtta sektor rahbarlarining axborotlari eshitildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yilning 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda mamlakat yoshlari bilan uchrashuv o’tkazilib 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo’lishi ta’kidlab o’tilgan.
Ishsiz yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash masalalarida tizimli ish tashkil etish maqsadida tumanimizda joriy yil yanvar oyining ikkinchi o’n kunligida ishchi guruhlar tuzilib, faoliyati yo’lga qo’yildi hamda ishsiz va uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha ishlar tashkil etildi.
Sessiyada 2020 yilda tumanda yoshlarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha barcha zarur choralar ko’rilishi, yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha hududdagi ijtimoiy muammolarini xal qilish imkonini beruvchi tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini hayotga tadbiq etishni dasturulamal qilib olinishi kerakligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan 9-Hamrak saylov okrugi deputati T.Soliyev va 19-Xo’jaariq saylov okrugi deputati M.Qoraboyevalar so’zga chiqishib, o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.