Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


E’tibor va ehtirom – muqaddas burch

×

 2020-03-11 20:56:50    240

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, joriy yil II jahon urishida qozonilgan g’alabaning 75 yilligini nishonlaymiz. Hozirda tumanimizda ana shu urush o’choqlarida o’z xalqi, o’z Vatani oldidagi muqaddas burchini munosib himoya qilgan urush qatnashchilaridan to’rt nafarlari umrguzaronlik qilmoqdalar. Ular davlatimiz rahbari rahnamoligida, farzandlari kamolini ko’rib quvonib, yoshlarimizga tinchlik, osoyishtalikning qadriga yetish kerakligi va bu aziz ne’matlarga munosib farzand bo’lib voyaga yetishlari uchun chin ko’ngildan harakat qilmoqdalar. Har safar Shodlik mahallasilik Odil ota Zokirov, jarqishloqlik Fayzullo ota Eminov, zarkentlik Akbarali ota Turdaliyev va qumqishloqlik Rustam ota Akbarovlarning xonadonida bo’lganimizda, u insonlarga bo’lgan faxr-iftixor tuyg’ularimiz yanada oshadi. Ular bilan suhbat chog’ida, ko’rgan qiyinchiliklari, zahmatlari haqidagi voqealarni eshitib jannatmakon, tinch va osoyishta zamonda, keksa-yu yosh avlodi doimo e’tibor-u ehtiromda yashayotganligimiz uchun shukr aytamiz.

Har yili bayram kunlari arafasida bunday el suygan, ayniqsa yosh avlod ardog’ida yurgan insonlarni holidan xabar olish yaxshi an’anaga aylangan.

Kuni kecha Odil ota Zokirov xonadonida tuman hokimligi vakillari, Sharqiy harbiy okrug qo’mondonligi harbiylari mehmon bo’lishgandi. Bugun tuman hokimi Shuhratjon Abdusalomov, tuman mudofaa bo’limi boshlig’i Hikmatillo Djo’raboyev, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i o’rinbosari O’rmonjon Karimov va Sharqiy harbiy okrugi qo’mondoligining bir guruh harbiylari zarkentlik Akbarali ota Turdaliyev xonadoniga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni hududdagi 43-maktabning faol o’quvchilari kutib olishdi. Shundan so’ng Akbarali otaga qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi. Yoshlar ishtirokida nuroniy otaxon bilan suhbat o’tkazildi. Akbarali ota urush davrida ko’rgan-kechirganlari haqida yoshlarga so’zlab berdi.

Eng quvonarlisi, harbiylar tomonidan otaxon xonadoniga mevali daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Akbarali ota Turdaliyev har bir berilayotgan e’tibor shodligiga shodlik qo’shayotganini ta’kidladi.  

Tuman hokimligi Axborot xizmati.