Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATI HAMISHA E'TIBORDA
2022-04-08 13:20:13 231
Bir necha kun avval Naymanbo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro tuman hokimligiga farzandlari robototexnikaga qiziqishini, lekin to’garaklarga qatnashish uchun moddiy imkoniyati yetarli emasligini bildirib murojaat qilgan edilar.
Bugun farzandlari kelajagi uchun qayg‘urayotgan
onalarning orzulari ushaldi. Tuman hokimining o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov
tashabbusi bilan yoshlar Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv
markazining robototexnika to‘garagida imtiyozli ravishda o‘qish imkoniyatiga
ega bo‘ldilar.
Eng yaxshi investitsiya farzandlarning ta’lim-tarbiyasi uchun kiritilgan investitsiyadir.
Toshloq tumani hokimligi Axborot xizmati