Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkorlar muammolarini ijobiy xal etish choralari ko‘rildi
2022-05-27 20:40:47 218
Bugun 27 may kuni Toshloq tumani hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Tilavoldiyev hamda Toshloq tumani hokimi Abduqaxxor Djuraboyevlar tumandagi tadbirkorlar bilan
uchrashuv o‘tkazdilar. Unda 50 nafardan ziyod fuqarolar tadbirkorlik ishlarida yuzaga kelayotgan muammolar, yangi loyihalar va takliflari bilan qatnashdilar.
Uchrashuvda ishtirok etgan tadbirkorlarning 20 nafari faoliyatidagi masala va muammolar yechimini topish maqsadida murojaat qildilar. 15 nafar tadbirkorlar murojaati ya’ni bo‘sh turgan bino inshootlardan foydalanish, KSZdan yer olish masalalari shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topdi. 5 nafar tadbirkorning murojaatlari o‘rganish talab qilinganligi sababli tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi va nazoratga olindi.