Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MEVA-SABZAVOT MAHSULOTI EKSPORTI SOHASIDAGI HAMKORLIK

×

 2022-06-04 16:12:45    165

PDF yuklash
Chop etish


Kuni-kecha tuman hokimi Abduqaxxor Djuraboyev Rossiyalik investorlarni qabul qildi.

      Uchrashuvda Rossiya Federasiyasining Saransk shahridan tashrif buyurgan Aleksey Meщyeryakov bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini oshirish hamda turini ko‘paytirish masalalari  muhokama qilindi.            

   Qayd etish joiz, so‘nggi vaqtda yurtimizga xorijiy investorlar qiziqishi tobora ortmoqda. Chet ellik sarmoyadorlar uchun keng imkoniyat va yengilliklar taqdim etilayotgani, biznes yuritish uchun qulay muhit yaratilayotgani bunda muhim omil bo‘lmoqda. Toshloq tumanida keyingi yillarda xorij sarmoyasi ishtirokida bir qancha istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.

      Uchrashuvda ham ayni shu jihatlar xususida atrofilicha so‘z yuritildi. Tuman hokimi bugungi kunda hududning investisiya salohiyati juda yuqori baholanishi, xom ashyo-resurslariga boy ekanini alohida ta’kidladi. Tumanda meva-sabzavotlarni yetishtirish hamda qayta ishlash borasida amalga oshirilayotgan  ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. 

         Rossiyalik mehmonlar tumandagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida, muzlatgichli meva-sabzavot saqlash omborlarida bo‘lishib, sohada amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.