Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANDA CHET TILLARNI O‘QITISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA.
2022-06-20 17:29:21 217
Kuni-kecha tuman hokimligining majlislar zalida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktab direktorlari ishtirokida maktablarda xorijiy tillarni o‘qitishni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, yig‘ilishni Toshloq tumani hokimi A.Djurabayev ochib, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan jami 191 nafar chet tili o‘qituvchilarini 2022-2023 o‘quv yili davomida belgilangan tartibda to‘liq holda milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishlari hamda xorijiy tillar fanidan o‘tkaziladigan viloyat va respublika olimpiadalarida tuman o‘quvchilarining natijalarini yaxshilash va yuqori o‘rinlarni egallash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalarni yukladi.
Shuningdek, yig‘ilishda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Azizaxon Raxmatova, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Farxodjon Bektoshev, tuman hokimi o‘rinbosari Elmurodxon Madaminovlar ishtirok etdilar hamda mavzu yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar.