Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI.
2022-06-27 18:35:09 214
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyat Toshloq tumanidan murojaat qilyabmiz, bizni tuman hokimligini “Murojaat Toshloq tumani” degan telegram kanali bor, ochilgandan beri murojaatlar uchun yopiq, murojaat yo‘llamoqchi bo‘lsangiz borishingiz kerak shekilli yoki muammo ko‘payib qolmasin deyishsa kerakda,-deb nomlangan xabar berilgan.
Toshloq tumani hokimligi tomonidan telegramm kanalda keltirilgan masalalar o‘rganib chiqildi. Ijtimoiy tarmoqda keltirib o‘tilgan kanal aslida Toshloq tumani hayotiga oid yangiliklarni, amalga oshirilayotgan islohotlarni, tuman hokimligiga hamda “@toshloq_murojaat_bot” telegram botigi kelib tushgan murojaatlarni doimiy ravishda yoritib boradi.
Shu sababli xabar va yangiliklarni tarqatishga mo‘ljallangan bu guruhga kommentariy yozish, fikr bildirishlar admin tomonidan berkitib qo‘yilgan. Sizlarga murojaatlar bo‘yicha ushbu guruhga emas, @toshloq_murojaat_bot telegram botiga yo‘llashingiz tavsiya etiladi.
Toshloq tumani hokimligining
Axborot xizmati.