Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI”DA YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA
2022-07-21 08:15:30 190
Bugun Toshloq tumani hokimi, 1-sektor rahbari A.Djurabayev aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Quyi Yakkatut MFYdagi yoshlar bilan uchrashdi. Tadbirda ishga joylashish, uy-joy olish, tadbirkor uchun yer ajratish, tadbirkorlik uchun kredit olish, tibbiy va moddiy yordam kabi masalalarda 10 ga yaqin yoshlarning murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarni aksariyati shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etuvchi savol va takliflar tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. Uchrashuv yakunida "Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlarga o‘z-o‘zini band qilishi uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar hamda mehnat qurollari topshirildi. Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.