Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 137 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ASOSIY E’TIBOR JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA QARATILDI

×

 2022-07-28 11:23:44    191

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati, mahalla raislari, hudud profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdilar.

          Dastlab, yig‘ilishda tuman prokurori A.Xudoyberganov hamda tuman IIB boshlig‘i F. Bektoshovlar joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida tumanda umumiy jinoyatchilik holati, jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, ma’ruzachilar jinoyatchilikni barvaqt aniqlash hamda samarali qarshi kurashish huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bu boradagi faoliyati bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligiga bog‘liq ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

          Yig‘ilishda, mas’ul idoralarning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.  

          Yig‘ilish so‘ngida mas’ullarga huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikni jilovlash, osoyishtalikni ta’minlash va bu yo‘nalishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.



Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.