Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YUZ BILAN YUZLASHGANLAR
2022-08-06 18:16:32 188
Keksalar har oilaning fayz-u farishtasi, ustuni va farzandlar, nabiralar, qarindoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibatni saqlab turguvchi, bir-birlariga suyanch bo‘lib, mushkul ishlarini yengillashtirishda ularni birlashtiruvchi, jamiyatning eng ulug‘ a’zolari hisoblanishadi.
Bugungi kunda tumanimizda yuz bilan yuzlashgan nuroniylar umrguzaronlik qilib kelmoqda. Ana shunday onaxonlardan biri 1928 yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan Ibodatxon aya Qosimovadir.
Ibodatxon aya mehnat faoliyati davomida tumandagi jamoa xo‘jaligida ishchi bo‘lib fidokorona ishlagan. 40 yillik ish stajiga ega. Mehnat fronti qatnashchisi. Hozirda tumandagi Quyi Yakkatut mahallasida eng fayzli va namunali xonadonida yashab, farzandlari, ko‘plab nevara va chevaralarning ardog‘ida hamda e’zozida umirguzaronlik qilmoqda.
Mahalladoshlari, qo‘shnilari va yoshlarning hurmat va e’tiborida bo‘lib keksalik gashtini surmoqda. 100 yoshni qarshi olib yashashning sababi-doim harakatda bo‘lish, halol mehnat qilish, yaxshilikka intilishdir-deydi Ibodatxon aya.
Bugun Toshloq tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova hamda mahalla xotin-qizlar faoli M.Qosimovalar Ibodatxon ayaning xonadonida bo‘lib, u kishining holidan xabar olishdi.
Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.